Navoiy ensiklopediyasi
“ALISHER NAVOIY ENSIKLOPEDIYASI” NASHR ETILDI. Kitob O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutining O‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi bo‘limi tomonidan 2021 – 2024-yillar mobaynida nashrga tayyorlangan. Qomusdan navoiyshunoslik masalalari, buyuk shoir asarlarining turli yillardagi nashrlari, ularning xorijiy tillarga tarjimalari, yurtimiz va jahon kutubxonalari xazinalarida saqlanayotgan qo‘lyozma hamda toshbosma kitoblari, shuningdek, rassomchilik, haykaltaroshlik, teatr, kino singari san’at turlarida Alisher Navoiy siymosining aks ettirilishiga doir maqolalar, ayrim lirik asarlarining ilmiy tahlillari ham o‘rin olgan.