О журнале
“BILGA” ilmiy-nazariy, metodik elektron jurnali filologiya va ijtimoiy fanlar yo‘nalishlarida olib borilayotgan dolzarb ilmiy izlanishlar, innovatsion yondashuvlar hamda zamonaviy tadqiqot natijalarini yoritishga ixtisoslashgan nufuzli ilmiy jurnal hisoblanadi. Jurnal filologiya, pedagogika, tarix, psixologiya va iqtisodiyot fanlar ixtisosliklari bo‘yicha ilmiy-nazariy hamda ilmiy-amaliy tadqiqotlarni keng akademik jamoatchilikka taqdim etishni maqsad qilgan.
Mazkur jurnal xalqaro akademik standartlar asosida faoliyat yurituvchi ochiq ilmiy nashr bo‘lib, unda ilmiy yangilikka ega, metodologik jihatdan puxta va amaliy ahamiyat kasb etuvchi maqolalar chop etiladi. Nashr zamonaviy ilm-fan taraqqiyoti, fanlararo integratsiya hamda innovatsion ilmiy qarashlarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan.“BILGA” ilmiy-nazariy, metodik elektron jurnali peer-review (taqriz asosida) tizimida faoliyat olib boradi. Jurnalga taqdim etilgan barcha maqolalar mustaqil ekspertlar tomonidan anonim tarzda ilmiy ekspertizadan o‘tkaziladi. Ushbu jarayon ilmiy maqolalarning sifati, ilmiy asoslanganligi, dolzarbligi va akademik etikaga muvofiqligini ta’minlashga xizmat qiladi.
“BILGA” ilmiy-nazariy, metodik elektron jurnali 2026-yil 5-may oyidan boshlab e'lon qilina boshlandi!
“BILGA” ilmiy-nazariy, metodik elektron jurnalining muassisi “Academic book” MChJ.
Tahririyatning joylashgan manzili: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Shahrisabz tor ko‘chasi, 5-uy.
O'zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar nazorat inspeksiyasi tomonidan №157704 8 raqamli guvohnoma bilan ro'yxatga olingan.
“BILGA” ilmiy-nazariy, metodik elektron jurnali bir yilda 12 marta elektron shaklda e’lon qilinadi.
“BILGA” ilmiy-nazariy, metodik elektron jurnali:
07.00.00 – Tarix fanlari;
08.00.00 – Iqtisod fanlari;
10.00.00 – Filologiya fanlari;
13.00.00 – Pedagogika fanlari;
19.00.00 – Psixologiya fanlari sohalarida yuqori sifatli olib borilayotgan yo'nalishlardagi maqolalarni etish orqali ilmiy-nazariy, amaliy va bilimlarga salmoqli hissa qo'shish uchun eng so'nggi global nashrni nashr etishni maqsad qilgan keng qamrovli jurnaldir.
Jurnal materiallardan iqtibos ilmiy tadqiqotida “BILGA” ilmiy-nazariy, metodik elektron jurnalidan olingan" jumlasi qo'shilishi kerak.
Maqola qabul qilish tili: o'zbek, rus, ingliz, qoraqalpoq, qozoq, turkman, turk tillari.