USMON NOSIR SIYMOSINING DRAMATURGIK TALQINI
(TO‘RA MIRZO VA JAVLON JOVLIEV ASARLARI MISOLIDA)
Keywords:
Usmon Nosir, To‘ra Mirzo, Javlon Jovliev, Iqbol Mirzo, tarixiy drama, musiqali drama, obraz talqini, qatag‘on davri, xronologik syujet, badiiy to‘qima, tarixiy haqiqat, intertekstual tahlil, tragediya, she’riyat.Abstract
Ushbu maqolada To‘ra Mirzoning “Usmon shoir – osmon shoir” va Javlon Jovlievning “Usmon Nosir” musiqali dramalarida Usmon Nosir hayoti va fojiaviy taqdirining badiiy talqini tahlil qilinadi. Asarlarda shoirning bolaligi, ijodi va qatag‘on davri voqealari xronologik hamda erkin syujet asosida yoritilgan. Tadqiqotda T. Mirzo va J. Jovliev asarlarida tarixiy haqiqat va badiiy to‘qima uyg‘unligi, shuningdek, Usmon Nosir obrazining turlicha talqinlari qiyosiy o‘rganiladi.
Downloads
References
1. Мирзо Т. Усмон шоир – осмон шоир // Шарқ юлдузи. № 08. 2022. – Б.103-108-118
2. N.Rashidova. Usmon Nosir. –Toshkent: Zabarjad Media , 2022-B. 224 b.
3. J.Eshonqul. O‘zbek folklorida tush va uning badiiy talqini. –Toshkent: Fan nashriyoti, 2011 -B. 304 b.
4. Quronov D. Adabiyot nazariyasi asoslar. –Toshkent: Akademnashr, 2018 480 b.



















