Jurnal haqida
Ushbu sayt O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutiga tegishli bo‘lib, unda o'zbek adabiyoti namoyandalarining hayoti va ijodi, ular haqidagi ilmiy ishlar, monografiyalar, dissertatsiyalar, arxiv materiallar va maqolalar o‘quvchilarga e’lon qilinib boriladi. Shuningdek, saytimizda jadid namoyandalariga bag‘ishlangan anjumanlar, tadbirlar, uchrashuv va suhbatlar ham joylab boriladi. Qo‘yilgan har bir ma’lumot institutga tegishli bo‘lib, foydalanuvchilar mualliflik qonun-qoidalariga amal qilishlari shart.